21:43 / 28.12.2018
3 244

AGMK OChL-2019 saralash o‘yini oldidan Dubayda yig‘in o‘tkazadi

AGMK OChL-2019 saralash o‘yini oldidan Dubayda yig‘in o‘tkazadi
Kelayotgan mavsumda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladigan jamoalarimizdan biri – AGMK allaqachon yangi mavsum tadorigini boshlab yuborgan.

Jamoa 22 dekabrdan buyon Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda. Mashg‘ulotlar 30 dekabrga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan. So‘ngra futbolchilarga qisqa ta’til beriladi va olmaliqliklar 3 yanvardan yana poytaxtda to‘planishadi.

Mavsum-2019ni birinchilardan bo‘lib boshlaydigan jamoa 15 yanvarga qadar Toshkentda shug‘ullanadi. So‘ngra AGMK xorij yig‘inini o‘tkazish uchun BAAga yo‘l oladi. Olmaliqliklar Dubayda 18-31 yanvar kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borishadi. So‘ngra jamoa yurtimizga qaytib, Osiyo chempionlar ligasi o‘tish bosqichi o‘yiniga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Ta’kidlash joiz, Mirjalol Qosimov shogirdlari 12 fevral kuni OChL-2019 saralashi doirasida Tojikistonning “Istiqlol” klubiga qarshi bahs olib boradi.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMK OChL-2019 saralash o‘yini oldidan Dubayda yig‘in o‘tkazadi