13:44 / 29.12.2018
5 745

Xabib Nurmagomedovning ukasi Saudiya Arabistoni bayrogʻi ostida jang qildi

Xabib Nurmagomedovning ukasi Saudiya Arabistoni bayrogʻi ostida jang qildi
Yengil vaznda (-70,3 kg) UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ukasi (amakisining oʻgʻli) Usman Nurmagomedov Saudiya Arabistonining Jidda shahrida oʻtgan “BraveFC 21” turnirida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi. Mazkur jangda u yaponiyalik Issey Moriyamni birinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

Rossiyalik sportchi -66 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Bu toʻqnashuvda u Saudiya Arabistoni bayrogʻi ostida ringga chiqdi. Saudiya bayrogʻi jang boshlangunga qadar burchakda turgan. Boshlovchi gʻolibni eʼlon qilgan vaqtda bayroq oktagonga olib kirilgan. Aynan nima sababdan bu sportchi Saudiya bayrogʻi ostida ringga chiqqani nomaʼlum.

20 yoshli Nurmagomedov uchun bu qarama-qarshilik professional faoliyatidagi 3-si boʻldi. Qolgan ikkitasida ham u muddatidan oldin zafar quchgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagomedovning ukasi Saudiya Arabistoni bayrogʻi ostida jang qildi