19:28 / 30.12.2018
3 542

Sulsher "Manchester Yunayted"ga doimiy murabbiy bo‘lishga tayyor

Sulsher "Manchester Yunayted"ga doimiy murabbiy bo‘lishga tayyor
"Manchester Yunayted"ning vaqtinchalik ustozi Ule Gunnar Sulsher o‘zining “Old Trafford”dagi kelajagi haqida o‘ylay boshladi. Uning boshqaruvida "qizil iblislar" yorqin o‘yinlar ko‘rsatishni boshlashdi.

Sports.uz tarqatgan xabarga ko‘ra, agar MYu rahbariyati unga jamoaning doimiy murabbiyi bo‘lishni taklif qilsa, norvegiyalik mutaxassis uni qabul qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Joze Moruino iste’foga chiqarilgach aynan Sulsher mavsum yakuniga qadar MYuni boshqaradigan bo‘ldi. U kelgach mankuanliklar dastlab "Kardiff"ni (5:1), keyin esa "Xaddersfild"ni (3:1) yengdi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” bugun 21:30 da “Bornmut”ga qarshi bahs olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sulsher "Manchester Yunayted"ga doimiy murabbiy bo‘lishga tayyor