11:33 / 31.12.2018
3 744

TOP-8: Messi 2018 yilning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

TOP-8: Messi 2018 yilning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi
Lionel Messi 2018 yilning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. «Barselona» va Argentina terma jamoasi safida u barcha turnirlar doirasidagi 54 o‘yinda 51 gol urishga erishdi. Bundan avval ham u 3 marta yilning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi: 2010 yilda (60 gol), 2012 yilda (91) va 2016 yilda (59).

Ikkinchi o‘rinni Krishtianu Ronaldu band etgan. U yakunlanayotgan yilda «Real», «Yuventus» va Portugaliya terma jamoasi safida jamia 53 o‘yinda maydonga tushib, 49 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

Qayd etish kerakki, ushbu ro‘yxatdan mitti davlat vakili ham o‘rin olgan. David Tyurpel «Dyudelanj» va Lyuksemburg terma jamoasi o‘yinlarida 40 ta gol urgan, u buning uchun 49 o‘yinda maydonda harakat qilgan.

Yil to‘purarlarining top-sakkizligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Lionel Messi («Barselona», Argentina) - 51 gol (54 o‘yin)
2. Krishtianu Ronaldu («Real»/«Yuventus», Portugaliya) - 49 (53)
3. Robert Levandovski («Bavariya», Polsha) - 46 (56)
4. Muhammad Saloh («Liverpul», Misr) - 44 (55)
5. Harri Keyn («Tottenhem», Angliya) - 42 (63)
6. David Tyurpel («Dyudelanj», Lyuksemburg) - 40 (49)
7. Antuan Grizmann («Atletiko», Fransiya) - 40 (71)
8. Luis Suares («Barselona», Urugvay) - 37 (60)

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » TOP-8: Messi 2018 yilning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi