00:53 / 04.01.2019
3 040

O‘zbekiston MTJ Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda (foto)

O‘zbekiston MTJ Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda (foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubay shahrida Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi futbolchilar ikkinchi mashg‘ulotni o‘tkazishdi.

BAA futbol federatsiyasiga qarashli maydonda o‘tgan mashg‘ulotlar odatdagidek yengil mashqlar bilan boshlandi. Keyin to‘p bilan ishlandi. Bugun asosiy e’tibor darvozaga zarba yo‘llashga qaratildi. Tarkibdagi barcha futbolchilar bir necha martadan darvozalarga zarbalar yo‘llashdi. Terma jamoamiz darvozabonlari galma-galdan darvozaga turib, bu zarbalarni qaytarishga urinishdi. Darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov ularni nazorat qilib turdi.

Bugungi mashg‘ulotlar yuqori kayfiyatda yakuniga yetdi. Tarkibdagi barcha futbolchilar yaxshi jismoniy holatda bo‘lib turishibdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda (foto)