15:02 / 04.01.2019
4 391

Osiyo kubogi – 2019. Tashkilotchilar "dahshatli" ochilish marosimi va’da qilmoqda

Osiyo kubogi – 2019. Tashkilotchilar "dahshatli" ochilish marosimi va’da qilmoqda
5 yanvar kuni BAAda uzoq kutilgan Osiyo kubogi start oladi. Ochilish o‘yinida BAA hamda Bahrayn termalari o‘zaro bahs olib borishadi. Abu-Dabidagi "Zayed Sports City" stadionida mazkur bellashuv oldidan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar tarixdagi eng katta Osiyo kubogining ochilish marosimini yuqori saviyada o‘tishini va’da qilishmoqda.

Mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da boshlanadi. Shu kuni 300 mlnlik auditoriya Xussayn Al-Jassami, Eida Al Menxali va Balkis Ahmed Fathilarning go‘zal taronalari bilan kayfiyatlarini chog‘ qilishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari ham tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otishi aytilmoqda. Shuningdek unda turnir ramzlari - bolakay Mansur va BAA timsollaridan biri - burgut haqida ham sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarga taqdim etiladi.

Marosim tashkilotchilari bunga qadar Yevro-2016, Afrika Millatlar ligasi va 2014 yildan buyon YeChL finalining ochilish uchrashuvlarini yuqori saviyada o‘tkazgan tajribali mutaxassislar sanalashini qo‘shimcha qilish joiz.

Shuningdek tashkilotchilar 600 dan ziyod sozanda va musiqachilar marosimda ishtirok etishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi – 2019. Tashkilotchilar "dahshatli" ochilish marosimi va’da qilmoqda