15:24 / 04.01.2019
4 030

Ronaldu yana bir bor jahonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi (foto)

Ronaldu yana bir bor jahonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi (foto)
Yevropa futbol agentlari assotsiatsiyasi (EFAA) va Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) tomonidan ta’sis etilgan «Globe Soccer Awards» yillik mukofotlari o‘z sohiblariga topshirildi.

Dubaydagi «Burj Al Arab» mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilindi. O‘tgan yili yozda «Real»dan «Yuventus»ga ko‘chib o‘tgan yulduz qatorasiga uchinchi marta, jami to‘rtinchi marotaba «Globe Soccer Awards» tasnifida yil futbolchisi deb e’tirof etildi.

Ronaldu yakuniy uchlikka kiritilgan Antuan Grizmann va Kilian Mbappeni ortda qoldirgan. Krishtianu, shuningdek, «433 muxlis» sovriniga ham loyiq ko‘rilgan. Ushbu muxlislar guruhi futbol olamining eng yirik birlashmalaridan sanaladi.

JCh-2018da Fransiya terma jamoasini chempionlik sari yetaklab borgan Dide Desham yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Marosimda «Atletiko» «Yilning eng yaxshi klubi» deya tan olindi. Mukofotni klub bosh ijrochi direktori Migel Anxel Gil Marin qabul qilib oldi.

Ronalduning agenti Jorje Mendesh «Yilning eng yaxshi agenti» mukofotini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, kechagi Gala Dinner`da ECA va EFAA tomonidan o‘ninchi marotaba «Globe Soccer Awards» mukofotlari o‘z egalariga topshirildi. Ilk marta uchta yo‘nalishda eng yaxshilarni aniqlagan tashkilotchilar hozirga kelib 15ga yaqin nominatsiyada laureatlarni taqdirlaydi.


Manba: tribuna.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu yana bir bor jahonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi (foto)