00:33 / 05.01.2019
3 482

Ajoyib texnologiya! “Liverpul” oʻsha vaziyatda gol urishi uchun necha santimetr yetmay qoldi? (foto)

Ajoyib texnologiya! “Liverpul” oʻsha vaziyatda gol urishi uchun necha santimetr yetmay qoldi? (foto)
Kecha “Liverpul” safarda APLning 21-turi doirasida “Manchester Siti”ga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Uchrashuvning birinchi boʻlimi oʻrtalarida ajoyib holat yuzaga keldi. Bu pallada Jon Stounz tepib yuborgan toʻp Edersonga tegib golga aylanishi mumkin edi.

Biroq Jon Stounz toʻpni qaytarib qolishga erishdi va bu golga aylanmadi.

APL kabi turnirda bu pallada ajoyib texnologiya ishga tushadi. Agarda toʻp darvoza chizigʻini butunlay kesib oʻtsa, hakamning qoʻlidagi soatga vibratsiya beradi.

Agarda Jon Stounz soniyaning milliondan bir ulushiga kechikkanida ham gol boʻlardi. Maʼlum boʻlishicha, u 1,12 santimetr qolganida toʻpni tepib yuborishga erishgan ekan.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ajoyib texnologiya! “Liverpul” oʻsha vaziyatda gol urishi uchun necha santimetr yetmay qoldi? (foto)