10:48 / 05.01.2019
3 181

Superliganing eng yaxshi futbolchisi "Paxtakor"ni tark etadimi?

Superliganing eng yaxshi futbolchisi "Paxtakor"ni tark etadimi?
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Yangi yil bayramidan keyin "Jar" stadionida mashg‘ulotlar boshlab yuborilgan. Milliy terma jamoaning Osiyo Kubogidagi ishtiroki, olimpiya terma jamoasi yig‘ini sababli 7 nafar futbolchi jamoa bilan birga bo‘lmaydi.

Legionerlardan shartnomasi yakunlangan Tiago Bezerra bilan muzokara olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, braziliyalik forvard o‘tgan mavsum Superligada to‘purar bo‘lish bilan birga, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Qolgan futbolchilar yig‘inga qo‘shilib ulgurishgan. O‘tgan mavsumni boshqa klublarda ijarada o‘tkazgan futbolchilar ham "Paxtakor" mashg‘ulotlarda qatnashishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliganing eng yaxshi futbolchisi "Paxtakor"ni tark etadimi?