13:00 / 06.01.2019
3 707

"Bunyodkor" Pro-ligaga ravona bo‘lishi mumkin, chunki...

"Bunyodkor" Pro-ligaga ravona bo‘lishi mumkin, chunki...
O‘zbekiston professional futbol ligasi direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegramdagi sahifasida PFLga FIFAdan xat kelgani va unda "Bunyodkor" jamoasi sobiq futbolchisidan bo‘lgan qarzdorlikni tez kunlarda bartaraf etmasa, Pro-ligaga tushirib yuborilishi haqida xabar kelgan.

"Yakshanba tongini yanvar misoli sovuq xabar bilan boshlaymiz. FIFA janobi oliylaridan O‘FA navbatdagi qo‘rqinchli maktubni qabul qilib oldi. Unga ko‘ra, Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi ukrainalik legioner Sergey Simonenko oldidagi qarzlarini bir necha kun ichida to‘lamasa, endi biryo‘la Pro-liga “A” ishtirokchisiga aylanadi. Bungacha FIFA talabiga ko‘ra “Bunyodkor” 6 ochkodan mahrum qilingandi", - deydi Diyor Imomxo‘jayev o‘z sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" Pro-ligaga ravona bo‘lishi mumkin, chunki...