13:23 / 06.01.2019
3 225

Marat Bikmayev: "Maydonda borimizni berib harakat qilsak, natijaga albatta erishamiz"

Marat Bikmayev: "Maydonda borimizni berib harakat qilsak, natijaga albatta erishamiz"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Marat Bikmayev Osiyo Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan Ummonga qarshi o‘yinga tayyorgarlik haqida O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz Ummonga qarshi o‘yinga odatdagidek tayyorgarlik olib boryapmiz. Bo‘lajak o‘yindan boshqa hech narsani o‘ylamayapmiz. Bor fikru xayolimiz birinchi o‘yinni chiroyli o‘tkazib, g‘alaba qozonishga qaratilgan.

Osiyo Kubogi kabi katta musobaqalarda to‘purarlar ro‘yxatidan joy olishni har bir hujumchi orzu qilishi aniq. Men ham bu ro‘yxatga kirish uchun astoydil harakat qilaman. Ammo men uchun shaxsiy natijadan ko‘ra jamoa qayd etadigan natija muhim. Agar terma jamoamiz Osiyo Kubogida muvaffaqiyat qozonsa, to‘purarlar ro‘yxatiga kira olmasam ham xafa bo‘lmayman.

Ummonga qarshi asosiy tarkibda kim tushishini murabbiy hal qiladi. Biz esa maydonda borimizni berib harakat qilishga tayyor turamiz. Shunday qilsak, natijaga albatta erishamiz", - deydi Marat Bikmayev.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marat Bikmayev: "Maydonda borimizni berib harakat qilsak, natijaga albatta erishamiz"