14:08 / 08.01.2019
4 724

Yevropaning eng qimmat futbolchilari e’lon qilindi. Messining narxi qancha?

Yevropaning eng qimmat futbolchilari e’lon qilindi. Messining narxi qancha?
Foto: «SPORTARENA.com»
«CIES Football Observatory» ekspertlari Yevropaning kuchli besh chempionatida to‘p suruvchi eng qimmat futbolchilar TOP-100 reytingini tuzishdi. Bunda ularning yoshi va shartnoma muddatlari e’tiborga olindi.

«PSJ»da to‘p suruvchi 20 yoshli Kilian Mbappe bular orasida eng qimmati — yuqoridagi tashkilot fransuz hujumchisini 218,5 million yevroga baholadi.
«Tottenhem» hujumchisi va Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn ikkinchi o‘rinda — 200,3 mln. yevro. Neymar esa uchinchi — 197,1 mln. yevro.

Shubhasiz, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ayni paytda ham jahonda tengsiz futbolchilar. Biroq yoshi kattaligi uchun ularning narxi pasaygan: masalan, Messining narxi 171,2 million yevro (7-o‘rinda), Ronaldu esa hatto yetakchi o‘nlikka ham kiritilmadi — 127,2 mln. yevro (19-o‘rin).

Eng qimmat o‘yinchilar (TOP-10)
1. Kilian Mbappe («PSJ») — €218,5 mln;
2. Xarri Keyn («Tottenxem») — €200,3 mln;
3. Neymar («PSJ») — €197,1 mln;
4. Rahim Sterling («Manchester Siti») — €185,8 mln;
5. Muhammad Saloh («Liverpul») — €184,3 mln;
6. Paulo Dibala («Yuventus») — €171,9 mln;
7. Lionel Messi («Barselona») — €171,2 mln;
8. Romelu Lukaku («Manchester Yunayted») — €162 mln;
9. Filippe Koutino («Barselona») — €157 mln;
10. Leroy Sane («Manchester Siti») — €156,1 mln.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropaning eng qimmat futbolchilari e’lon qilindi. Messining narxi qancha?