06:27 / 09.01.2019
3 549

Mourino "Real"ga qaytish uchun Peresga shart qo‘ydi

Mourino "Real"ga qaytish uchun Peresga shart qo‘ydi
"Manchester Yunayted" klubidan iste’foga chiqqach ishsiz yurgan Joze Mourino yana "Real"ni boshqarish bo‘yicha deyarli kelishuvga erishdi. Bu haqda ispan nashrlari xabar bermoqda.

Biroq, 55 yoshli portugaliyalik futbolchi buning uchun “qirollik klubi” oldiga bir qator shartlar qo‘ygan. Ma’lumotlarga ko‘ra “Real” prezidenti Florentino Peres allaqachon Mourino bilan uchrashgan va uni Madridga qaytarish masalasini muhokama qilgan. Agar “Real” rahbariyati joriy qishki transferlar davrida jamoaga mahoratli markaziy himoyachi va to‘purar hujumchi sotib olsa, Joze yana “Santyago Bernabeu”ga qaytishga tayyor.

Ma’lumot uchun, ayni damda “Real”ga Santyago Solari ustozlik qilmoqda. Madridliklar esa La Liga musobaqa jadvalida 30 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino "Real"ga qaytish uchun Peresga shart qo‘ydi