08:53 / 09.01.2019
3 045

Yaponiya bosh murabbiyi: "Maqsadimiz - Osiyo Kubogini qo‘lga kiritish"

Yaponiya bosh murabbiyi: "Maqsadimiz - Osiyo Kubogini qo‘lga kiritish"
Yaponiya - Turkmaniston o‘rtasidagi o‘yindan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida Xajime Moriyasu va Maya Yoshida ishtirok etdi.
"Osiyo Kubogi syurprizlar bilan boshlandi. Avstraliya yutqazdi, Tailand yutqazdi, Janubiy Koreya esa qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. Natijalar musobaqaning ilk uchrashuvi qanchalik qiyin bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Turkmaniston bilan bahsda maqsadimiz juda oddiy - faqat g‘alaba.

Umuman olganda har bir o‘yin qiyin bo‘ladi, futbolchilar buni bilishadi. Bizning tarkibda tajribali va yosh futbolchilar bor. Maqsadimiz - Osiyo Kubogini qo‘lga kiritish.

Jahon chempionatidan so‘ng Yaponiya bosh murabbiyiga aylaganimdan so‘ng tarkibni yoshartirishga qaror qildim. Sababi Yaponiya futbolini qurishda davom etmoqchimiz.

Yosh futbolchilar bu imkoniyatdan foydalanib Osiyo Kubogida yaxshi ishtirok etishadi deb umid qilaman.
Dekabr oyida bir haftalik yig‘in o‘tkazdik. Biz nafaqat Turkmaniston, balki butun Osiyo Kubogiga tayyorlandik", - deydi Xajime Moriyasu.

"To‘rt yil oldin Osiyo Kubogida chorak finalda yutqazib qo‘yganimiz bizni xafa qilgan edi. Jamoam sovrinni qo‘lga kiritmoqchi. Barcha futbolchilarga ishonaman. Agar faxr va mas’uliyat bilan o‘ynasak imkoniyatlarimizga yuqori baho beraman", - deydi Maya Yoshida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaponiya bosh murabbiyi: "Maqsadimiz - Osiyo Kubogini qo‘lga kiritish"