08:59 / 09.01.2019
4 114

"Paxtakor" "Nasaf"ning yana bir futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)

"Paxtakor" "Nasaf"ning yana bir futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)
Qarshining "Nasaf" klubi darvozaboni Sanjar Quvvatov faoliyatini Toshkentda davom ettiradi. Bu haqda futbol agenti San’at Sharipov tvitterdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.

- Sanjar Quvvatov "Paxtakor"ga o‘tmoqda. Tomonlar shartnoma bandlari bo‘yicha kelishib oldi, - dedi Sharipov.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" 2017 yilning yozida "Nasaf" darvozaboni Eldor Suyunovni ham o‘z safiga qo‘shib olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" "Nasaf"ning yana bir futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)