07:44 / 11.01.2019
3 442

Masharipov: «Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz»

Masharipov: «Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz»
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov Ummonga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ummonga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish nihoyatda muhim edi. Musobaqaning ilk o‘yinida har qanday terma jamoada hayajon bo‘ladi. Uch ochkoni qo‘lga kirita olganimizdan xursandman. Endi keyingi o‘yinni qo‘shnilarimizga qarshi o‘tkazamiz. Turkmaniston terma jamoasini yaxshi bilasiz.

Bu jamoa tarkibidagi ba’zi futbolchilar milliy chempionatimizda to‘p surishadi. Umid qilamanki, ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lamiz.

Raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, biz har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. G‘alaba qozonish uchun g‘oliblik ruhiga ega bo‘lish kerak», - deydi Jaloliddin Masharipov.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipov: «Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz»