15:51 / 11.01.2019
4 192

Neymarning otasi xatosini tan oldi

Neymarning otasi xatosini tan oldi
Fransiyaning PSJ klubi forvardi Neymar hamon "Barselona"ga qaytishni xohlamoqda.

A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli braziliyalik futbolchi ushbu masala yuzasidan kataloniyaliklar rahbariyati bilan naqd 5 marta bog‘langan. Ushbu muzokaralarda uning otasi ham ishtirok etgan va Neymarni yo‘ldan urib, xatoga yo‘l qo‘yganini tan olgan.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymarni 2017 yil 222 mln yevro evaziga “Barselona”dan sotib olgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Neymar joriy mavsum parijliklar safida jami 21 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 18 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymarning otasi xatosini tan oldi