16:40 / 11.01.2019
4 070

Hasanboy Do‘smatov rostdan ham professional boksga o‘tdimi?

Hasanboy Do‘smatov rostdan ham professional boksga o‘tdimi?
Yangi mavsum boshida professional bokschilarimiz safi yana bittaga ko‘payishi mumkin. Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, fevral oyida O‘zbekistonda professional boks kechasi tashkil etilishi kutilmoqda. Ushbu boks oqshomida 16 fevral kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tishi kerak.

Shuningdek, bu musobaqada Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘smatov debyut qilishi aytilgan edi. Biroq bokschimizning ushbu jangda ishtirok etishi hozircha aniq emas. Bundan tashqari Hasanboyga bir qancha xorijlik promouterlik kompaniyalari ham jiddiy qiziqish bildirgan, ammo u professional boksga o‘tish borasida yakuniy qarorga kelmagan. Ular orasida 3-4 ta AQSh promouterlik kompaniyalari borligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda bokschilarimiz Yangioboddagi o‘quv-yig‘in bazasida yangi mavsumga tayyorgarliklarni davom ettirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatov rostdan ham professional boksga o‘tdimi?