22:15 / 12.01.2019
3 624

Piter Xyuystra: “Paxtakor” va “Lokomotiv” Gollandiya klublariga yaxshigina raqobat hosil qila oladi

Piter Xyuystra: “Paxtakor” va “Lokomotiv” Gollandiya klublariga yaxshigina raqobat hosil qila oladi
“Paxtakor” klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borayotgan gollandiyalik mutaxassis Piter Xyuystra kuni kecha mashhur golland nashri Voetbal Zonega intervyu berdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Intervyu davomida Gollandiya terma jamoasining sobiq a’zosi O‘zbekistondagi faoliyati va “Paxtakor” haqida to‘xtalib o‘tdi.

- Menga O‘zbekiston ancha ma’qul keldi. Mamlakat va bu yerning odamlari menga juda manzur bo‘ldi. Qolaversa, milliy chempionat saviyasi ham yomon emas. Zero, “Paxtakor” va “Lokomotiv” kabi klublar Gollandiya miqiyosidagi klublarga yaxshigina raqobat hosil qila oladi, deb hisoblayman. “Utrext”, “AZ” va “Vitess” kabi jamoalar bilan saviyamiz bir xil desam xato bo‘lmaydi. Qolgan o‘zbek klublari golland Erediviziyasida nisbatan pastroq o‘rinlardan joy olishgan bo‘lar edi.

“Paxtakor” klubi ayni paytda to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda. Bu yerda yaxshi darajadagi klub shakllantirish ishlari olib borilmoqda. To‘g‘ri, hali “Ayaks”, “Feyenoord” yoki “PSV” kabi grand klublar darajasida emasmiz. Lekin klub infratuzilmasini sekin-asta yaxshilab boryapmiz. “AZ” klubi yaqinda Yevropa Ligasi doirasida Qozog‘istonning “Qayrat” klubiga imkoniyatni boy berdi. Holbuki, biz mazkur jamoani yig‘in payti osongina mag‘lub etgan edik, - dedi mutaxassis.

Ta’kidlash joiz, Piter Xyuystra o‘z vaqtida “Groningen”, “Tvente”, “Glazgo Reynjers” kabi klublar va Gollandiya terma jamoasi safida hujumkor yarim himoyachi sifatida faoliyat olib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuystra: “Paxtakor” va “Lokomotiv” Gollandiya klublariga yaxshigina raqobat hosil qila oladi