07:24 / 13.01.2019
3 255

Fazliddin G‘oibnazarov kelasi oy Toshkentda jang o‘tkazadimi?

Fazliddin G‘oibnazarov kelasi oy Toshkentda jang o‘tkazadimi?
Xabar berganimizdek, joriy yilning 16 fevral kuni Toshkentda professional boks kechasi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston professional boks federatsiyasidan bizga xabar berishlaricha, ushbu oqshom doirasida prof boksdagi faoliyatini mag‘lubiyatsiz davom ettirayotgan charm qo‘lqop ustasi Fazliddin G‘oibnazarov ham ringga ko‘tarilishi mumkin ekan.

Biz mazkur xabar yuzasidan ayni paytda AQShda navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Fazliddin bilan bog‘landik va shunday javob oldik:
- Ha, bu haqda menga ham aytishdi. Lekin, buning uchun ular mening promouter va menejerlarim bilan bog‘lanib, kelishib olishlari kerak. Men Toshkentda jang o‘tkazishga bajonidil tayyorman, - dedi G‘oibnazarov.

Eslatib o‘tamiz, Fazliddin 18 yanvar kuni AQShda Dominikan Respublikasi vakili Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko‘tariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oibnazarov kelasi oy Toshkentda jang o‘tkazadimi?