22:35 / 13.01.2019
2 939

De La Xoyya: "Golovkin - Alvares uchinchi revansh jangi bo‘lib o‘tishi mumkin"

De La Xoyya: "Golovkin - Alvares uchinchi revansh jangi bo‘lib o‘tishi mumkin"
Meksikalik bokschi Saul Alvaresning promouteri Oskar De La Xoyya o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chepioni Gennadiy Golovkining jamoasi bilan uchinchi revansh uchrashuvni tashkillashtirish borasida muzokaralarni boshlaganligi haqida ma’lum qildi.

- Kuni kecha Golovkinning vakillari bilan revansh jangni tashkillashtirish borasida muzokaralarni boshladik. Uchinchi bahs 5-may kuni Sinko de Mayoda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Kanelo afsonaviy bokschi bo‘lish uchun jang qilishga tayyor! Bizda takliflar bor va ular borasida o‘ylab ko‘ramiz, - dedi Oskar.

Ma’lumot uchun, Alvares - Golovkin o‘rtasidagi birinchi bahs durang natija bilan yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi bahsda qozog‘istonlik bokschi imkoniyatni boy bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » De La Xoyya: "Golovkin - Alvares uchinchi revansh jangi bo‘lib o‘tishi mumkin"