15:53 / 15.01.2019
2 845

Jahongir Mehmonov: "Navbahor" bilan chempion bo‘lmoqchiman

Jahongir Mehmonov: "Navbahor" bilan chempion bo‘lmoqchiman
6 yanvardan qishgi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlariga kirishgan Namanganning «Navbahor» jamoasi tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilish bilan birgalikda klubning o‘tgan yilgi natijalariga ulkan hissa qo‘shgan futbolchilar bilan ham yangitdan shartnoma imzolashga erishdi. Ular tarkibida «lochinlar»ning himoya qo‘rg‘onidagi mustaxkam ustunlaridan biri Jahongir Mehmonov ham bor. Quyida esa futbolchi bilan kechgan suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz.

- Suhbatimiz avvalida «Navbahor»ning o‘tgan mavsumdagi umumiy ishtirokini tahlil qilib bersangiz!
- Mavsum biz uchun omadli keldi. Shu bilan birgalikda mehnatimizga yarasha chempionatni sovrindor sifatida yakunladik. Agarda bundanda kuchliroq ishtiyoq va tirishqoqlik bilan o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rganimizda natijalarimiz bundanda yaxshiroq ko‘rinish olishi mumkin edi. O‘tgan mavsum davomida qayerdadir xato qildik, qayerdadir omad yetishmadi. Endilikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchtida jiddiy ish olib borsak o‘ylagan maqsadimizgs erishamiz deb o‘ylayman.

- Mavsumning so‘ngi o‘yinida «Lokomotiv» tomonidan «lochinlar»ning o‘z uyidagi yoqimli an’anasiga barham berildi. Uchrashuvdan keyin kiyinish xonasida kayfiyat qanday edi?
- Butun mavsum davomida shu o‘yin men uchun eng achinarlisi bo‘ldi. Chunki o‘sha o‘yinda maydonga tushmadim. Jamoamning o‘yinini chetdan kuzatish doimo og‘ir. Boz ustiga ko‘p gol o‘tkazib yubordik, himoyachilar uchun qancha kam gol o‘tkazib yuborilsa shuncha yaxshi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz o‘z maydonida eng kam gol o‘tkazib yuborgan jamoa «Navbahor» bo‘lib turgandi. Afsus so‘ngi turda bu boradagi seriya ham payoniga yetdi.

- Jamoa bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis bu yilgi tarkibni o‘zi shakllantiryapti. Shunday kelib chiqib aytadigan bo‘lsak «Navbahor» o‘tgan yilgidan ko‘ra mazmunliroq o‘yin namoyish eta oladimi?
- Har bir murabbiyning o‘ziga xos uslubi va qarashlari bo‘ladi. Barcha murabbiylar ham yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qiladi. O‘ylaymanki, to‘g‘ri yo‘ldamiz. Nasib qilsa ajoyib natijalar va chiroyli o‘yinlar ko‘rsatamiz.

- Jamoaga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar haqida qanday fikrdasiz?
- Ular haqida bosh murabbiyimizga savol bersangiz yaxshi bo‘lardi. Chunki, qaysi futbolchi qanday holatda ekanligi ularga ko‘proq bilinadi. Biz esa maydonda ular bilan birga shug‘ullanayotganimiz uchun aniq bir nima deya olmayman. Shunisi aniqki, bu yigitlar professional, yaxshi futbolchilar shuning uchun ham ular «Navbahor»ga taklif etilishdi.

- Kanchelskis mahalliy mutaxassislardan nimasi bilandir ustunmi?
- Yevropada tajriba orttirgan murabbiy. Shuning uchun mashg‘ulotlarida ko‘hna qit’a nafasi sezilib turadi.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?
- Albatta oltin medallarni. Biroq buning uchun ko‘proq mehnat va harakat qilish kerakligini yaxshi bilaman

- O‘tgan mavsumda jamoa sardori tez-tez o‘zgarib turdi. Bu nima bilan bog‘liq?
- Aytishim mumkinki, biz uchun bitta inson jamoa sardori bo‘lgan. Bu ham bo‘lsa Dilshod Jabborov. Jabborov ko‘p o‘yinlarda maydonga tushmaganligi sababli sardorlik bog‘ichi turli futbolchilarga topshirildi.

- Sizni ham o‘tgan yili kartochkalar bilan juda ko‘p bor «siylashdi». Bu o‘yinlarning shiddatli o‘tganidan dalolatmi?
- Himoyachining vazifasi raqib hujumini qaytarish. Shunday ekan jamoamiz yaxshi natija qayd etishi uchun har qanaqasiga bo‘lsa ham harakat qilish kerak.

- Muvafaqqiyatlaringizga soya soladigan hodisalar ham bo‘lganmi?
- Yo‘q bo‘lmagan. Ota-onamni duolari meni doimo barcha narsada yaxshi natijalarga erishishimga sababchi bo‘lgan. Aynan ularning duolari sababli ham mana shu darajaga erishdim deb o‘ylayman. Otam vafot etdilar endi ularning xotiralari uchun yanada yorqinroq o‘ynashga intilaman.

- Bizningcha «Navbahor»ning himoya chizig‘i ko‘ngildagidek ko‘rinishga keldi. Yana qaysi chiziqlarga kuchli ijrochilarni jalb etish kerak? Shu borada shaxsiy fikringizni bildira olasizmi?
- Murabbiylar har bir chiziq uchun kuchli ijrochilarni jalb etshyapti. Menimcha hammasi yaxshi.

- «Navbahor» ma’lum omillar evaziga OChLga yo‘llanma olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Joriy yildan kubok bellashuvlari uchun ham jiddiy e’tibor qaratish kerakligi gapirilyaptimi?
- Albatta, bundan buyon har bir o‘yin, har bir natija uchun faqat va faqat g‘alaba ilinjida maydonga chiqamiz.
Xurshid Yusupov suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahongir Mehmonov: "Navbahor" bilan chempion bo‘lmoqchiman