16:24 / 17.01.2019
2 601

Islom Ahmedov: "Bugun futbolchilarimiz eng yaxshi jihatlarini ko‘rsatishlari shart emas, muhimi natija"

Islom Ahmedov: "Bugun futbolchilarimiz eng yaxshi jihatlarini ko‘rsatishlari shart emas, muhimi natija"
Al Aynga qilgan safarimiz chog‘ida «Xalifa bin Zayd» stadionida hamyurtimiz Islom Ahmedovni sherigi bilan uchratib qoldik. Ular OFK tomonidan instruktor sifatida ishlashayotgani haqida avval ham xabar bergandik. Suriya hamda Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni kuzatish uchun kelgan mutaxassisimizdan qisqacha bo‘lsa ham ayrim savollarga javob oldik.

- Terma jamoamizning dastlabki ikkita o‘yini haqida fikringiz qanday?
- Ummonga qarshi dastlaki uchrashuvda jamoamizning anchadan beri o‘yin o‘tkazmagani sezilib qoldi. Shuning evaziga bellashuv davomida terma jamoamizning o‘yin tonusi bilinmadi. Lekin menga futbolchilarimizning to‘pni nazorat qilishlari ma’qul keldi. Ikkinchi o‘yinda esa yanada yaxshiroq harakat qildik. Ko‘plab jiddiy hujumlarni uyushtirdik. Masalan, uchta tezkor hujumimiz gol bilan tugadi. O‘sha uchrashuvda futbolchilar o‘zlarining eng yaxshi jihatlarini ko‘rsata olishdi.

- Yaponiya bilan o‘yindan nima kutyapsiz?
- Ikkala terma jamoa ham guruhdan chiqish vazifasini bajardi. Shunga qaramay, bu o‘yin o‘ziga yarasha qiziq kechadi deb o‘ylayman. Bu o‘yinga ham biz o‘ta jiddiy munosabatda bo‘lishimiz kerak. Men xohlardimki, futbolchilarimiz Yaponiyaga qarshi faqat natija uchun o‘ynashsin. Bu o‘yinda yigitlarimiz o‘zlarining eng yaxshi jihatlarini ko‘rsatishlari shart emas. Asosiysi, natija qo‘lga kiritilsa bo‘lgani.

- Osiyo Kubogi musobaqasida har bir jamoaning o‘yinini kuzatib boryapsiz. Shunday ekan, aynan qaysi terma jamoaning o‘yini sizga ko‘proq yoqyapti?
- Afsuski, ayni paytda hech bir terma jamoani alohida ajratib ko‘rsata olmayman. Chunki men hali hech bir jamoaning ishtirokida sifatli futbolni ko‘rganim yo‘q. Balki bu musobaqaning yaqindagina boshlangani uchun bo‘lsa kerak.

- Umuman olganda, Osiyo futbolida o‘sish bormi?
- Men bu haqida hozircha hech nima ayta olmayman. Bu savolga javobni faqatgina yarim final arafasida aytishim mumkin. Hozirgacha xulosam shundayki, kuchsizroq jamoalar kuchli raqiblarga xalaqit berishga harakat qilishyapti. Kuchli jamoalar esa hozircha o‘zlarini to‘liq namoyon eta olishganicha yo‘q.

- Milliy terma jamoamizning musobaqadagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Menimcha, biznikilar finalda o‘ynaydi.

- Finalga chiqishimizga ishonasizmi?
- Bunday ahil jamoa va tarkib boshqa hech qaysi jamoada yo‘q. Shu bois O‘zbekistonning finalga chiqishiga ishonaman. Agar hech kim bizga xalaqit bermasa albatta finalda o‘ynaymiz.

- Nimchorak finalda qaysi raqib biz uchun qulay deb o‘ylaysiz?
- Biz bu musobaqani yutishni xohlayapmizmi, unda keyingi bosqichda kim bilan o‘ynashimizning nima farqi bor?
Shuhratbek Jo‘rayev suhbatlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Islom Ahmedov: "Bugun futbolchilarimiz eng yaxshi jihatlarini ko‘rsatishlari shart emas, muhimi natija"