21:39 / 17.01.2019
2 937

Ummon so‘nggi daqiqalarda Turkmanistonga 2 ta gol urib pley-offga yo‘l oldi

Ummon so‘nggi daqiqalarda Turkmanistonga 2 ta gol urib pley-offga yo‘l oldi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi 3-turidan o‘rin olgan Ummon – Turkmanistan uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Gollarga boy bo‘lgan o‘yinda ummonliklar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Dastlab 20-daqiqada Ahmed Mahajriy jarima zarbasini aniq ijro etib hisobni ochgan bo‘lsa 41-daqiqada Annadurdiyev muvozanatni tikladi.

Barchasi durang tomon ketayotgan bir vaqtda ummonliklar so‘nggi daqiqalarda ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. 84-daqiqada Muhsin Al-G‘assoniy jamoasini yana oldinga olib chiqdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Muhammad Al-Musalami uchinchi golni urib, jamoasini pley-offga olib chiqdi.
Shu tariqa, Ummon guruhda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Osiyo Kubogi, 3-tur
Ummon – Turkmanistan 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar:
1:0 – 20 Al- Mahajriy, 1:1 – 41 Annadurdiyev, 2:1 – 84 M. Al-G‘assoniy, 3:1 – 90+3 Al-Musalami.
Ummon – Al-Rushaydi, Al-Musalami, Al-Burayki (Al-G‘assoniy, 74), Al-Muxayni, Al-Husniy (Al-Yaxmadi, 61), Al-Busaydi, Al-Saadi, Al-Maxayjri, Al-Muxayni, Al-Hajri (Al-Yahyoi, 86), Muhsin Al-G‘assoniy.
Turkmaniston – Orazmuxamedov, Batыrov, Annakuliyev, Saparov, Ilyasov, Xo‘jayev (Atayev, 46), Geldiyev, Mingazov (Amanov, 68), Annaorazov, Yagshiyev, Annadurdiyev (Titov, 83).
Ogohlantirishlar: Al-Saadi (22), Annadurdiyev (35), Al-Brayki (36), Geldiyev (54), Atayev (72), Saparov (79), Al-G‘assoniy (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ummon so‘nggi daqiqalarda Turkmanistonga 2 ta gol urib pley-offga yo‘l oldi