Osiyo Kubogi guruh bosqichining soʻnggi turi doirasidagi Yaponiya–Oʻzbekiston uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Hadzime Moriyasu ishtirokida oʻtdi.
“Biz oʻz maqsadlarimizdan biriga yetdik – dastlabki bosqichdagi barcha oʻyinlarda 3 ochko ishlab, guruh gʻolibi boʻldik. Endilikda butun musobaqani ana shunday barqaror holda oʻtkazmoqchimiz”, dedi Moriyasu anjumanning kirish qismida.
Yaponiya termasi bosh murabbiyi jamoa bugungi oʻyinda avvalgi ikki bahsdan farqli oʻlaroq ancha tartibli va jismonan tetikroq oʻyin koʻrsatgani haqidagi fikrga qoʻshilishini ham qayd etib oʻtdi. “Avvalo, bugungi bahs uchinchisi ekani ham ahamiyatga ega boʻldi. Bugun futbolchilar hisobda oldinda borayotgan vaziyatda xotirjamlikni saqlab qola olishdi. Shuningdek, jamoam jismoniy jihatdan ham yaxshi darajada oʻyin oʻtkazdilar. Bugungi oʻyinga test-sinov sifatida qaraganimiz yoʻq”, – dedi yaponlar ustozi.
Hadzime Moriyasu nimchorak finaldagi raqiblar toʻgʻrisida berilgan savolga quyidagicha javob qildi: “Qatar ham, Saudiya Arabistoni ham kuchli raqiblar. Qay biriga qarshi tushmaylik, nimchorak finalgacha kuchli tayyorgarlik koʻrib borishimiz kerak”.
Murabbiyning taʼkidlashicha, Yaponiya termasi oʻyinning ikkinchi boʻlimida himoyadan hujumga oʻtishda yaxshiroq harakat qilgan. “Bugun birinchidan namoyish etgan oʻyinimizning saviyasi, qolaversa birinchi goldan keyin oʻzimizni yoʻqotib qoʻymagan holda darhol hisobni tenglashtirib olganimiz yakunda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi”, – deya qoʻshimcha qildi yaponiyalik mutaxassis.
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Oʻzbekistonga qarshi bahsda jamoaning asosiy futbolchilarini zaxirada qoldirishiga quyidagicha izoh berdi. “Birinchidan, avval ham taʼkidlaganimdek, musobaqa orqali bir jamoa sifatida hamjihatlik bilan oʻynashni shakllantirib borishni ham maqsad qilganmiz. Ikkinchidan esa men tarkib tanlashda futbolchilarning joriy holatini ham hisobga oldim va baʼzi masalalarda tavakkal qilishni istamadim”. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?