16:50 / 18.01.2019
4 165

Sardor Rashidov: «Yevropa klubidan taklifni ikkilanmasdan qabul qildim»

Sardor Rashidov: «Yevropa klubidan taklifni ikkilanmasdan qabul qildim»
BAAda o‘tayotgan Osiyo Kubogi-2019ning «F» guruhi 3-turidan o‘rin olgan Yaponiya – O‘zbekiston uchrashuvidan (1:2) so‘ng mikst zonada futbolchilar jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Xususan, O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov o‘yin murakkab bo‘lgani, futbolchilar murabbiylar ko‘rsatmasi bo‘yicha tartibli o‘ynaganiga qaramasdan, mag‘lubiyatga uchralganini aytib o‘tdi.
— Keyingi o‘yinda Avstraliyani mag‘lub etish uchun maydonga tushamiz, — dedi u.
Portugaliyaning «Nasional de Madeyra» klubiga o‘tishi tarixini hikoya qilib berar ekan, Sardor Rashidov shunday dedi:
— Mening oldimda bir necha klublardan, jumladan, arab davlatlari klublaridan ham taklif bor edi. Kutilmaganda Portugaliyadan ham taklif bo‘lib qoldi. Yevropa davlatidan kelgan taklifni o‘ylab o‘tirmasdan qabul qildim.
«Nasonal» vakillari 10 kun davomida O‘zbekistonda otam bilan uchrashib, shartnoma shartlarini muhokama qilishgan. Keyin kecha Dubayga formallikni rasmiylashtirish — shartnoma imzolash uchun kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, «Nasonal de Madeyra» klubi 17 turdan so‘ng Portugaliya Primerasida 18 jamoa ichida 12-o‘rinda bormoqda. Klub Madeyradagi Funshal shahrida, sig‘imi 5132 kishilik stadionda o‘ynaydi. Klub bosh murabbiyi o‘tmishda «Nasonal», «Monako», «Portu», «Dinamo» (Moskva), «Atletiko» (Madrid), «Atalanta» kabi klublarda to‘p surgan Koshtinyadir.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov endilikda Portugaliyaning "Nasonal" jamoasi sharafini himoya qiladi. Klub o‘z rasmiy saytida Rashidov bilan 2,5 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
"Iste’dodli va jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lgan Sardor Rashidov asli hujumchi. Lekin u qanotlarda ham muvaffaqiyatli to‘p sura oladi", - deyiladi xabarda.
"Rashidov ayni paytda O‘zbekiston MTJ tarkibida Osiyo Kubogida ishtirok etmoqda. Uning terma jamoasi musobaqaning pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘ldi. Rashidovga Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA klublaridan takliflar bo‘lganiga qaramay, u Yevropa klubida o‘ynashga qaror qildi. "Nasonal" klubi Sardor Rashidov bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi", - deb xabar beradi Portugaliya klubi rasmiy sayti.
Sardor Rashidov haqida ma’lumot:
Tug‘ilgan yili: 14 iyun 1991 yil
Bo‘yi: 184 sm
Og‘irligi: 76 kg
Mamlakati: O‘zbekiston
Avvalgi klubi: "Lokomotiv", Toshkent
O‘zbekiston MTJ tarkibida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov: «Yevropa klubidan taklifni ikkilanmasdan qabul qildim»