17:34 / 18.01.2019
4 303

Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi amerikalik yengilmas bokschi bo‘ladi

Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi amerikalik yengilmas bokschi bo‘ladi
Joriy yilning 15 fevralida professional boksda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Shohjahon Ergashev (15-0-0, KO14) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Mazkur jang Kanzas shtatidagi (AQSh) Malvan shahrida o‘tkaziladi.

10 raund etib belgilangan qarama-qarshilik kechaning asosiy to‘qnashuvlaridan bo‘ladi. Unda nokautchi Shohjahonga ushbu vaznning yana bir nomdor vakili amerikalik yengilmas bokschi Mikal Foks raqiblik qiladi. Bu bokschi shu vaqtga qadar 19 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. 5 tasi nokaut.

Shuningdek, yana bir qiziqarli jangda yengilmas Tomas Patrik (25-0-0) va Jessi Anxel Ernandes (12-1-0) o‘zaro kuch sinashadi.

Kechaning shu ikki jangi ishtirokchilari hisobida umumiy 71 g‘alaba va atigi 1 mag‘lubiyat bor. Mazkur janglar ShoBox telekanali orqali namoyish etiladi.

– Shohjahon Ergashev eng kuchli bokschilardan biri. U yengilmas, tajribali va hal qiluvchi bokschi Mikal Foks bilan kuch sinashadi. Ajoyib jang. G‘olib yarim o‘rta vazn toifasida eng yaxshilardan biri nomini qo‘lga kiritadi, – deydi Salita Promotions prezidenti Dmitriy Salita. – Asosiy to‘qnashuv super og‘ir vaznda jahon chempionligiga da’vogarlik uchun borayotgan ikki nomdor bokschi o‘rtasida o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi amerikalik yengilmas bokschi bo‘ladi