16:57 / 19.01.2019
3 621

O‘zbekiston - Avstraliya uchrashuvini boshqaradigan hakamlar guruhi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston - Avstraliya uchrashuvini boshqaradigan hakamlar guruhi ma’lum bo‘ldi
21 yanvar kuni Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuv Al-Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayd" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bahsni qatarlik hakam Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim boshqarib boradi. Unga yon chiziqlarda hamyurtlari Tolib Salim Al-Marri va Saud Ahmad Al-Maqaleh yordam berishadi.
Darvoza ortida qatarlik Hamis Muhammad Al-Marriy va Ahmad Abu Bakr Said Al-Kaf ishlaydi. To‘rtinchi hakam Deniya Gedara Palita - Shri-Lankadan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston - Avstraliya uchrashuvini boshqaradigan hakamlar guruhi ma’lum bo‘ldi