19:46 / 19.01.2019
4 233

Osiyo Kubogi: Guruh bosqichi yakunlari va ramziy terma jamoa

Osiyo Kubogi: Guruh bosqichi yakunlari va ramziy terma jamoa
Osiyo Kubogining guruh bosqichi uchrashuvlari yakunlandi. Yangicha formatda o‘tkazilgan musobaqada 6 guruh va undagi 1,2-o‘rin sohiblari nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Guruhlardagi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan to‘rtta 3-o‘rin egalari ham nimchorak finalda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritishdi.

"A" guruhi: 1-o‘rin:BAA, 2-o‘rin: Tailand, 3-o‘rin: Bahrayn
"B" guruhi: 1-o‘rin:Iordaniya, 2-o‘rin: Avstraliya
"C" guruhi: 1-o‘rin:Janubiy Koreya, 2-o‘rin: Xitoy, 3-o‘rin: Qirg‘iziston
"D" guruhi: 1-o‘rin:Eron, 2-o‘rin: Iroq, 3-o‘rin: Vetnam
"E" guruhi: 1-o‘rin: Qatar, 2-o‘rin: Saudiya Arabistoni
"F" guruhi: 1-o‘rin: Yaponiya, 2-o‘rin: O‘zbekiston, 3-o‘rin: Ummon

"B" guruhida uchinchi bo‘lgan Falastin terma jamoasi 2 ochko bilan to‘rtta yo‘llanmadan biriga ega chiqolmadi. Shuningdek, "E" guruhida oxirgi turda KXDRni mag‘lub etishni uddalagan Livanga esa sariq kartochkalari soni oshib ketgani pand berdi. Chunki Vetnam va Livan terma jamoalari to‘plari nisbati bo‘yicha bir xil ko‘rsatkich qayd etishdi. Reglament bo‘yicha esa bu vaziyatda eng kam ogohlantirish olgan jamoa nimchorak final yo‘llanmasini ilib ketdi.

Reglament ko‘ra, dastlabki to‘rtta guruh peshqadamlari eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblariga qarshi duch kelishdi. Qolgan guruh g‘oliblariga esa boshqa guruhda ikkinchi bo‘lgan raqiblar tushdi. Uchinchi o‘rin sohiblari kim bilan tushishi tartibi esa bitta guruhdan chiqqan jamoalar pley-off bosqichida kamida yarim finalga qadar o‘zaro to‘qnash kelmasligi inobatga olindi. Masalan guruh g‘olibi va ikkinchi o‘rin sohibi finalga qadar bo‘lgan yo‘lda o‘zaro o‘ynamasligi hamda birinchi va uchinchi o‘rin egalari kamida yarim finalgacha uchrashmasligi ko‘zda tutildi.

Ma’lumot o‘rnida:
Guruh bosqichida umuman gol o‘tkazmagan jamoalar: Iordaniya, Eron, Janubiy Koreya va Qatar.
Eng ko‘p gol urgan jamoa: Qatar (10)
Eng ko‘p gol urgan futbolchi: Al Moyez Ali (7)
Eng ko‘p seyv amalga oshirgan darvozabon: Amir Shafi (15)
Guruhdagi barcha o‘yinda g‘alaba qozongan jamoalar: Yaponiya, Qatar va Janubiy Koreya
Umuman ochko olmagan jamoalar: Yaman, KXDR, Filippin, Turkmaniston
O‘tkazilgan o‘yinlar: 36
Urilgan gollar: 96 (o‘rtacha: 2,67)
Muxlislar tashrifi: 370,287 (o‘rtacha: 10,286)

Osiyo Kubogi-2019 guruh bosqichi ramziy terma jamoasi (3-4-3):
Darvozabon:
Amir Shafi (Iordaniya)
Himoyachilar: Abdulkarim Hassan (Qatar), Kim Min Jae (Janubiy Koreya), Toriq Hattob (Iordaniya)
Yarim himoyachilar: Aver Mabil (Avstraliya), Salim Al Davsari (Saudiya Arabistoni), Xaraguchi (Yaponiya), Yasin Baxit (Iordaniya)
Hujumchilar: Eldor Shomurodov (O‘zbekiston), Sardar Azmun (Eron), Al Moyez Ali (Qatar)

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi: Guruh bosqichi yakunlari va ramziy terma jamoa