06:00 / 20.01.2019
4 550

Bugun Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

Bugun Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi
21 yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Al-Ayn shahrida Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvda Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi.
Bugun 20 yanvar kuni o‘yinoldi matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Dastlab, mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold va terma jamoa futbolchisi jurnalistlar savollariga javob berib o‘tadi. Keyin soat 12:15 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etadi.

Shu kuni kechqurun soat 18:00 da "Xalifa bin Zayd" stadionining 3-mashg‘ulot maydonida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinoldi mashg‘ulotni o‘tkazadi. Mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq.

Manba: ufa.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi