21:08 / 20.01.2019
3 310

Xitoy termasi Tayland ustidan g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi

Xitoy termasi Tayland ustidan g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining nimchorak finalidan o‘rin olgan Tayland va Xitoy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Murosasiz kechgan bahsda xitoyliklarning qo‘li baland keldi.

Uchrshauvning 31-daqiqasida Supachai Jayded taylandliklarni oldinga olib chiqdi. Bunga nominal mehmonlar 67-daqiqaga kelib javob qaytarishdi, Syao Chi qanotdan uzatilgan to‘pni ikkinchi urinishda darvozaga joylab, muvozanatni tikladi.

Oradan ko‘p o‘tmay Gao Lin penaltini aniq bajardi va jamoasining keyingi bosqichga olib chiqqan golga muallif bo‘ldi.
Shu tariqa, Xitoy chorak finalga yo‘l oldi va u yerda Eron – Iroq uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Osiyo Kubogi, 1/8 final
Tayland – Xitoy 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar:
1:0 – 31 Jayded, 1:1 – 67 Syao Chi, 1:2 – 71, penalti Gao Lin.
Tayland – Tedsungnen, Kerdkeev, Chunuonsi, Bunmatxan, Xemvibun, Songkrasin, Puangchan, Kesarat (Anan, 81), Jayded (Pxombuppxa, 63), Dangda, Do.
Xitoy – Yan Szyunlin, U Si (Chjao Syuyji, 82), Chan Linpen, Shi Ke, Chen Chi, U Ley, Xao Szyunmin, Lyu Yan (Szin Szindao, 64), Fen Syaotin, Yuy Dabao (Syao Chi, 64), Gao Lin.
Ogohlantirishlar: Puangchan (8), Chan Linpen (34), U Si (35), Kesarat (43), Jayded (45), Shi Ke (61), Szin Szindao (88).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xitoy termasi Tayland ustidan g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi