Angliya Premer-ligasining 23-turida «Fulhem» «Tottenhem Hotspur»ni qabul qildi. Londondagi «Kreyven Kottej» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 17-daqiqasida «shporlar» hujumchisi, boshlang‘ich tarkibda jarohat tufayli safdan chiqqan Harri Keyn o‘rnini egallagan Fernando Lorente burchak zarbasi ijro etilgan vaqtda to‘pni o‘z jamoasi darvozasiga yo‘llab qo‘ydi.
Mezbonlar 51-daqiqada Dele Allining goli bilan javob qaytarishdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarning uchinchisi yakunlanayotgan vaqtda Harri Uinks «Tottenhem»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.
«Tottenhem» endilikda 51 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinda joylashgan, Maurisio Pochettino shogirdlari peshqadam «Liverpul»dan 9 ochko ortda qolishmoqda. «Fulhem» 14 ochko bilan 19-o‘rinda joylashgan.
Angliya chempionati
23-tur
Fulhem – Tottenhem 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 17, avtogol Lorente, 1:1 – 51 Alli, 1:2 – 90 Uinks.
Fulhem – Riko, Odoi, Le Marshan, Rim, Chembers, Babel (Sessenon, 55), Seri (Sisse, 81), Kristi, Shyurrle (Kebano, 72), Brayen, Mitrovich.
Tottenhem – Loris, Sanches, Vertongen, Rouz, Alderveyreld, Lamela (Dayer, 79), Uinks, Alli (Nkudu, 86), Eriksen, Tripper, Lorente.
Ogohlantirishlar: Mitrovich (74), Sanches (74), Seri (75), Rouz (79), Alderveyreld (90). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mourino jamoasi "Old Trafford"da mag‘lub bo‘ldi (video)

«Arsenal» shimoliy London derbisida kambek qilib mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

«Tottenxem» Londonda «Lester»ni mag‘lub etdi

«Liverpul» birinchi o‘ringa chiqib oldi

APL, 2-tur. “Tottenxem” gollar shousida “Fulxem”dan ustun keldi va boshqa natijalar

«Tottenhem» safarda «Chelsi» darvozasiga 3 ta gol urdi (video)