12:23 / 21.01.2019
4 512

Osiyo Kubogi. O‘zbekiston bugun 1/8 finalga chiqish uchun Avstraliyaga qarshi to‘p suradi

Osiyo Kubogi. O‘zbekiston bugun 1/8 finalga chiqish uchun Avstraliyaga qarshi to‘p suradi
21 yanvar, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 1/8 finali doirasida navbatdagi 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Kunning datlabki uchrashuvida Yaponiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan bahsga kirishadi. To‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya termasi «F» guruh bahslarini mag‘lubiyatlarsiz yakunlagan edi. Saudiya Arabistoni esa so‘nggi o‘yinda Qatar termasiga mag‘lub bo‘lib, guruhda 2-o‘rinni egallab, pley-offga chiqdi.

Ikkinchi bahsda esa musobaqa favoritlaridan biri Avstraliya terma jamoasi Ektor Kuper qo‘l ostidagi O‘zbekiston termasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv Al-Ayn shahridagi «Halifa Bin Zayyid» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 19:00 da boshlanadi. Ikkala jamoa ham guruh bahslaridan so‘ng 6 ochko to‘plab, musobaqaning pley-offiga chiqqandi.

Ushbu bosqichda musobaqa mezboni BAA termasi Qirg‘iziston terma jamoasi bilan kurashadi. Uchrashuv 22:00 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, BAA «A» guruhida 1-o‘rinni egallagandi. Qirg‘iziston esa «C» guruhida uchinchi o‘rinda pley-offga chiqqandi.

Osiyo Kubogi—2019
21 yanvar, dushanba
1/8 final bahslari
Yaponiya—Saudiya Arabistoni 16:00
Avstraliya—O‘zbekiston 19:00
BAA—Qirg‘iziston 22:00

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. O‘zbekiston bugun 1/8 finalga chiqish uchun Avstraliyaga qarshi to‘p suradi