18:32 / 21.01.2019
4 561

Nurmagomedovning murabbiyi: Habib Fergyuson bilan jangga rozi bo‘ladi

Nurmagomedovning murabbiyi: Habib Fergyuson bilan jangga rozi bo‘ladi
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes shogirdi kim bilan bellashishi mumkinligini aytdi.

Murabbiyning ma’lum qilishicha, tashkilot rahbari Dana Uayt dog‘istonlik sportchi aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha amerikalik jangchi Toni Fergyuson bilan bahslashishi bo‘yicha g‘oyani qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

«Agar UFC prezidenti jangni tashkillashtirishga qaror qilsa, unda, katta ehtimol bilan, Toni Fergyuson Habibning raqibi bo‘ladi. Men Habibni bilaman, u bu jangga rozi bo‘ladi», - deya qayd etib o‘tdi mutaxassis.
Shuningdek, u irlandiyalik Konor Makgregor oktagonda yana dog‘istonlik bilan uchrashish niyatida ekani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

«Makgregor uchun revanshga keladigan bo‘lsak, bu holda biz ushbu jang haqida hech qachon gapirmaganmiz. Agar men Habibni to‘g‘ri tushunayotgan bo‘lsam, uning pozitsiyasi shundan iboratki, bunda Konor ushbu jangga loyiq bo‘lishi kerak. Nurmagomedov pul uchun oktagonga chiqmaydi, uni ko‘proq to‘g‘ri xatti-harakatlar qiziqtiradi», - deya Mendesning so‘zlarini keltiradi The Sun.

2018 yil 6 oktyabr kuni Nurmagomedov UFC 229 musobaqasida Makgregorni taslim etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedovning murabbiyi: Habib Fergyuson bilan jangga rozi bo‘ladi