07:43 / 23.01.2019
3 411

Donbassdagi ixtilof qurbonlari soni ma’lum qilindi

Donbassdagi ixtilof qurbonlari soni ma’lum qilindi
2014 yil apreldan 2018 yil dekabrigacha davr mobaynida Donbassdagi ixtilof davomida 12,8 mingdan 13 minggacha odam halok bo‘lgan. Shunday raqamlarni BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kiyevdagi monitoring komissiyasi dpa axborot agentligi so‘roviga javoban keltirdi.

Ta’kidlanishicha, qurbonlardan taxminan 3,3 mingi fuqarolar, 4 mingi ukrainalik harbiylar, 5,5 mingi o‘z mustaqilligini e’lon qilgan respublikalar – LXR va DXR tuzilmalari jangchilarini tashkil qiladi. Ixtilof davomida 27-30 ming kishi yaralangan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil Donbassda 55 fuqaro halok bo‘lgan, 224 nafari yaralangan.

2018 yil aprelda BMT urush boshlangandan beri 2,5 ming tinch aholi halok bo‘lgani, 9 mingi yaralanganini ma’lum qilgan. Biroq Germaniya razvedkasining 2015 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, 50 ming kishi Ukraina sharqidagi to‘qnashuvlar qurboniga aylangan.

Donbassdagi qurolli ixtilof deyarli 5 yildan beri davom etmoqda. 2014 yil aprelda Ukraina hukumati davlat to‘ntaruvidan keyin Kiyevdan mustaqilligini e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalariga qarshi harbiy operatsiyani boshlagan. 2018 yil bahorida operatsiya formati o‘zgartirilib, uning amalga oshirilishi ustidan nazorat Ukraina qurolli kuchlariga o‘tgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Donbassdagi ixtilof qurbonlari soni ma’lum qilindi