09:44 / 23.01.2019
3 837

Mashhur Useyn Boltning futbolchilik faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi

Mashhur Useyn Boltning futbolchilik faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi
Yengil atletika bo‘yicha 8 karra Olimpiya va 11 karra jahon chempioni, yamaykalik Useyn Bolt futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Afsonaviy sprintchi Avstraliyaning “Sentral Kost Meriners” klubida to‘p surayotgandi.

“Bu yaxshi tajriba bo‘ldi, menga jamoada bo‘lish yoqdi. Bu yengil atletikaga nisbatan o‘zgacha bo‘ldi, men jamoada ishtirok etayotgan vaqtimda chinakamiga zavq oldim”, deb aytgan 32 yoshli sportchi.

Bolt 2018 yil avgustda “Sentral Kost Meriners” bilan kelishuv imzolagan. Unga ko‘ra, Bolt jamoa bilan mashq qilib, professional shartnoma olish imkoniga ega bo‘lgan. Keyinroq “Makartur Saut Vest Yunayted” klubiga qarshi o‘yinda Bolt o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ygan. Avstraliya klubi rahbariyati sportchi bilan shartnomani tuzmaslikka qaror qilgan.

Avvalroq Bolt Diyego Maradona murabbiylik qilayotgan, Meksikaning “Dorados” klubi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Bolt yengil atletikani Londondagi 2017 yilgi jahon chempionatidan keyin tark etgan. Yamaykalik 100 va 200 metrlik masofalarga yugurishda qatorasiga uchta Olimpiadada (2008, 2012, 2016) oltin medalni qo‘lga kiritgan yagona sportchi hisoblanadi. Uning hisobida shuningdek 100 va 200 metrga yugurishdagi amaldagi rekordlar bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mashhur Useyn Boltning futbolchilik faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi