21:21 / 23.01.2019
4 215

UFC chempioni Saul Alvares bilan jang qilishga tayyorligini aytdi

UFC chempioni Saul Alvares bilan jang qilishga tayyorligini aytdi
UFC yarim o‘rta vazn chempioni Tayron Vudli boks bo‘yicha o‘rta vazn toifasida WBC va WBA kamarlari sohibi 28 yoshli meksikalik Saul “Kanelo” Alvares bilan jang qilishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

- Bokschilarga qarshi jang qilishga tayyorman, lekin ushbu sportchi eng zo‘r bo‘lishi darkor. Masalan, Kanello. Uning daromadi 365 million dollarga teng, Saulni mag‘lub etib katta foydaga ega bo‘lardim, - dedi Vudli.

Ilgariroq, Alvares DAZN kompaniyasi bilan 11 jang va 365 million dollarga shartnoma imzolaganligi haqida xabar bergandik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC chempioni Saul Alvares bilan jang qilishga tayyorligini aytdi