13:08 / 24.01.2019
3 205

Rasman Gonsalo Iguain «Chelsi» klubiga o‘tdi (foto)

Rasman Gonsalo Iguain «Chelsi» klubiga o‘tdi (foto)
Foto: Twitter/@ChelseaFC
Londonning «Chelsi» klubi «Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguainni ijaraga oldi. Bu haqda London klubi o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

Foto: Twitter/@ChelseaFC
Argentinalik futbolchi joriy mavsumning birinchi davrasini «Milan» tarkibida o‘tkazdi.

Londonliklar Iguainning 6 oylik ijarasi uchun 9 million yevro to‘laydi. «Chelsi» mavsum oxirida ijara muddatini 18 million yevro evaziga 2020 yilning yoziga qadar uzaytirishi yoki forvardni 36 millionga sotib olishi mumkin. Argentinalik «ko‘klar» safida 9-raqamda to‘p tepadi.

Gonsalo Iguain joriy mavsum A Seriyada 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Rasman Gonsalo Iguain «Chelsi» klubiga o‘tdi (foto)
[/banner_pushhouse