11:34 / 25.01.2019
3 688

Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchelo Lippi iste’foga chiqdi

Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchelo Lippi iste’foga chiqdi
Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchelo Lippi Osiyo kubogi-2019 chorak finalida Eron terma jamoasiga qarshi (0:3) kechgan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jamoadan ketishini aytib o‘tdi.

"Bu uchrashuv bilan mening Xitoy termasi bilan shartnomam nihoyasiga yetadi. Men uchun Xitoy kabi buyuk mamlakat jamoasini boshqarish bu sharaf. Meni qo‘llab-quvvatlagan bargacha rahmat.

Eronga qarshi bahslarda xato qilish mumkin emas, ular buni kechirishmaydi. Bularning hammasi konsentratsiyaning yetishmovchiligidan. Bu o‘yin qiyin bo‘lishi mumkin, ammo bunday tarzda mag‘lub bo‘lish mumkin emas. Shunga qaramay o‘zlarini yaxshi ko‘rsata olgan futbolchilarimga minnatdorchiligimni bildirib o‘taman", - dedi italiyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchelo Lippi iste’foga chiqdi