19:02 / 26.01.2019
5 038

Osiyo Kubogida ishtirok etgan yana bir terma jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqdi

Osiyo Kubogida ishtirok etgan yana bir terma jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqdi
Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson isteʼfoga chiqdi.

70 yoshli shvetsiyalik Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng, oʻz lavozimini tark etdi. Musobaqada ilk marotaba ishtirok etgan filippinliklar Eriksson qoʻl ostida Janubiy Koreya (0:1), Xitoy (0:3) va Qirgʻizistonga (1:3) yutqazib, guruhda soʻnggi oʻrinni egalladilar.

Mutaxassis faoliyati davomida “Benfika”, “Roma”, “Fiorentina”, “Latsio”, “Manchester Siti”, “Shanxay Dongʼya” klublari, shuningdek Angliya, Meksika va Kot-dʻIvuar terma jamoasida ishlagan.

Avvalroq, Osiyo Kubogida ishtirok etgan Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Milovan Rayevas, Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtange, Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Antonio Pissi va Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchelo Lippi isteʼfoga chiqarilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogida ishtirok etgan yana bir terma jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqdi