Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Fyodor Yemelyanenko og‘ir vazn toifasida Bellator gran-prisi finalida amerikalik Rayan Beyderdan mag‘lubiyatga uchradi.
Los-Anjelesda o‘tgan jang 1-raundning 1-daqiqasida rossiyalikning nokautga uchrashi bilan tugadi. Yemelyanenko jangning 35-soniyasida boshiga zarbani o‘tkazib yuborgach, yiqilib tushgan. Shundan keyin amerikalik unga ketma-ket zarbalar bergach, hakam jangni to‘xtatishga qaror qilgan.
#EYT
— EYT .Abdulraşid Sadulah (@ahmentes1) January 27, 2019
Ryan "Darth" Bader is now a two-division champ, as he knocks out the legendary Fedor Emelianenko to win Bellator's Heavyweight Grand Prix. Here's the full fight. #Bellator214#EYT#AfVeCezaİndirimi
pic.twitter.com/tH7JRPVt5s
Yemelyanenko finalga yo‘lda amerikalik Frenk Mir va Cheyl Sonenni, Beyder esa hamyurtlari Muhammad Laval va Mett Mitrionni mag‘lub etgan.
Yemelyanenko Bellator tashkiloti bilan 2016 yil noyabrda shartnoma tuzgan. Beyder bilan jang u uchun tashkilotdagi to‘rtinchisi bo‘ldi. Uning Bellator’dagi birinchi jangi Mett Mitriondan mag‘lubiyat bilan yakunlangandi.
Bu mag‘lubiyat 42 yoshli Yemelyanenko uchun faoliyatidagi 6-mag‘lubiyat bo‘ldi. 35 yoshli Beyder endi ikkita vazn toifasidagi chempionlik kamariga ega bo‘ldi. Uning hisobida endilikda 27 ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat bor.
Foto: Hans Gutknecht, Los Angeles Daily News/SCNG
Foto: Hans Gutknecht, Los Angeles Daily News/SCNG “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi