08:53 / 28.01.2019
3 519

La Liga. "Real" Kataloniyada 4 ta to‘p kiritdi

La Liga. "Real" Kataloniyada 4 ta to‘p kiritdi
Ispaniya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «Espanol» – «Real» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Kornelya El Prat» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda poytaxtliklar zafar quchishdi.

Uchrashuv debyutidayoq madridliklar hisobni ochishdi, 4-daqiqada Luka Modrich jarima maydoniga yorib kirib darvoza tomon zarba berdi, biroq uni darvozabon bartaraf etdi, qaytgan to‘pni Karim Benzema darvozaga joylab qo‘ydi va mehmonlarni oldinga olib chiqdi.

15-daqiqada Serxio Ramos o‘ng qanotdan havolatib uzatilgan to‘pni boshi bilan darvoza aniq yo‘naltirib, jamoasining ikkinchi golini urdi. 25-daqiqa Baptistao oradagi farqni qisqartirdi, biroq taym yakunlanishi arafasida Benzema dublini nishonladi.

67-daqiqada Garet Beyl jarima maydoni ichida chiroyli harakat bilan to‘pni o‘ziga o‘nglab oldi va yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi. 72-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda qaymoqranglilar himoyachisi Rafael Varan darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin bo‘lgan raqib futbolchisini to‘xtatib qoldi va maydon chetlatildi.

Mezbonlarning qator hujumlari 81-daqiqada gol bilan yakunlandi. Biroq qolgan vaqtda darvozalarga to‘p kiritilmadi.
Shu tariqa, Primerada ketma-ket uchinchi g‘alabasiga erishgan «Real» ochkolarini 39 taga yetkazib oldi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
La Liga, 21-tur
Espanol – Real Madrid 2:4 (1:3, 1:1)
Gollar:
0:1 – 4 Benzema, 0:2 – 15 Ramos, 1:2 – 25 Baptistao, 1:3 – 45 Benzema, 1:4 – 67 Beyl, 2:4 – 81 Rosales.
Espanol – Lopes, Lyuis Lopes, Vila (Rosales, 64), Lopes, Ermoso, Darder (Melendo, 75), Mark Roka, Aleks Lopes, Garsiya, Iglesias, Baptistao (Pyatti, 71).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos (Nacho, 46), Kroos, Kazemiro, Vaskes, Modrich (Marselo, 76), Vinisius Junior (Beyl, 64), Benzema.

Ogohlantirishlar: Mark Roka (7), Ramos (27), Garsiya (34), Karvaxal (81), Aleks Lopes (85), Nacho (88), Kurtua (90).
Chetlatish: Varan (72).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. "Real" Kataloniyada 4 ta to‘p kiritdi