11:44 / 29.01.2019
7 540

Shohjahon Ergashevdan WBA kamari olib qoʻyildi

Shohjahon Ergashevdan WBA kamari olib qoʻyildi
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashevning (15-0-0,14 KO) WBA International kamari olib qoʻyildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Ayni vaqtda WBA chempionlik kamarlari roʻyxatida Shohjahon Hasanovning ismi chiqarib tashlangan.

Shohjahon Ergashev 2018 yilning 28 aprel kuni xitoylik Jimin Vangga qarshi jangda ochkolar boʻyicha gʻalaba qozonib, mazkur chempionlik kamarini qoʻlga kiritgandi.
Shundan soʻng u 3 marta ringga koʻtarilgan boʻlsada, kamar himoyasi uchun jang qilmadi.

Professional boks yoʻnalishlari qoidalariga koʻra, odatda chempionlik kamarini 3 oyda bir himoya qilish mumkin. Agar 6 oygacha boʻlgan muddatda kamar himoya qilinmasa, bu oʻrin vakant sifatida qayd etilishi va yangi jang belgilanishi mumkin boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda Shohjahon Ergashev WBA reytingida 5, IBF reytingida esa 12-oʻrinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashevdan WBA kamari olib qoʻyildi