01:16 / 30.01.2019
4 031

Qatar termasi BAAni yirik hisobda magʻlub etib ilk bor finalga yoʻl oldi

Qatar termasi BAAni yirik hisobda magʻlub etib ilk bor finalga yoʻl oldi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining yarim finalidan oʻrin olgan Qatar va BAA terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv oʻz nihoyasiga yetdi. “Muhammad Bin Zayd” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda qatarliklar yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Oʻyin teng kurashlar ostida boshlandi, dastlabki daqiqalarda qatarliklarning hujumlari keskinroq koʻrindi. 22-daqiqada amirliklar darvozaboni Bualim Huhining kuchsiz zarbasini qaytarishda xatoga yoʻl yoʻqdi va nominal mezbonlar oldinga oʻtib olishdi.

37-daqiqada Al-Moiz Ali oʻzining aylantirma zarbasi bilan jamoasining oʻyindagi ikkinchi va oʻzining turnirdagi sakkizinchi golini urdi.

Ikkinchi boʻlimni musobaqa mezbonlari kutilganidek hujumlar ostida boshlashdi va raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. Biroq 81-daqiqada qatarliklar qarshi hujumni golga aylantirishdi. Hassan Al-Haydos darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va uning ustidan toʻpni oshirib hisobni yirik koʻrinishga olib keldi.

Buning ustiga arimliklar oʻyinni kamchilikda yakunlashdi, Ahmad Ismoil epizodlarning birida raqibini tirsagi bilan urdi va videtakrorlardan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochkaga loyiq koʻrildi.

Hakam tomonidan qoʻshib berilgan vaqtda Ismoil Halifa oʻyinga nuqta qoʻgan golga muallif boʻldi.
Shu tariqa, Qatar oʻz tarixida birinchi bor Osiyo Kubogi finaliga yoʻl oldi va 1 fevral kuni Yaponiya bilan hal qiluvchi bahsda ishtirok etadi

Osiyo Kubogi-2019
Yarim final

Qatar – BAA 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 22 Huhi, 2:0 – 37 Ali, 3:0 – 81 Al-Haydos, 4:0 – 90+4 Halifa.

Qatar – Al-Sheb, Salim Al-Hajri, Abdulkarim Hassan, Pedru Korrea, Karim Budiaf, Tariq Salmon, Bualim Huhi, Umar Madibo, Akrom Afif (Ismoil Halifa, 90+3), Al-Moiz Ali (Alaa Ahmad, 87), Hassan Al-Haydos.
BAA – Xolid Issa, Fariz Juma, Ismoil Ahmad, Volid Abbos, Hassan Salmin, Amir Abdurrahmon (Ismoil Matar, 46), Ahmad Ismoil, Bandar Muhammad, Rashid Shamayli (Muhammad Abdulrahmon, 70), Ali Mabxut, Ismoil Al-Hammadiy (Ahmad Halil, 51).
Ogohlantirishlar: Matar (55), Budiaf (62), Alaa (87).
Chetlatish: Ahmad Ismoil (89).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar termasi BAAni yirik hisobda magʻlub etib ilk bor finalga yoʻl oldi