23:01 / 01.02.2019
3 042

Ali Almoyez Osiyo kubogining "eng yaxshi o‘yinchisi" va "musobaqa to‘purari" bo‘ldi (foto)

Ali Almoyez Osiyo kubogining "eng yaxshi o‘yinchisi" va "musobaqa to‘purari" bo‘ldi (foto)
Biroz avval Osiyo kubogi-2019 ham o‘z nihoyasiga yetdi. Abu Dabidagi "Zayed Sports Siti" stadionida o‘tkazilgan final bellashuvida Qatar terma jamoasi Yaponiyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Final o‘yinidan so‘ng musobaqaning eng yaxshilari taqdirlandi.

Qatar terma jamoasi hujumchisi Ali Almoyez 9 ta gol bilan musobaqa to‘purari bo‘ldi.

Bundan tashqari, finalda shedevr gol muallifiga aylangan Ali Almoyez Osiyo kubogi-2019ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Almoyezga sovrin bilan birga 30 ming AQSh dollari miqdorida pul mukofoti taqdim etildi.


Manba: championat.asia

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Ali Almoyez Osiyo kubogining "eng yaxshi o‘yinchisi" va "musobaqa to‘purari" bo‘ldi (foto)
[/banner_pushhouse