O‘FA bugun O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan mutaxassis Denis Ivankov bilan shartnomani uzaytirdi.
Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz shtabida darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlayotgan Denis Ivankov bugun O‘FA bilan yangi shartnoma imzolagan. Yaqinda rasman "Nasaf"dan ketgan mutaxassis O‘FA bilan 3 yillik bitimga imzo chekdi.
Qayd etish kerakki, Ivankov bundan buyog‘iga nafaqat milliy termada, balki Olimpiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ham faoliyat ko‘rsatadi. Denis Ivankov MTJda Ektor Kuperga, OTJda esa Lyubinko Drulovichga yordam beradi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, Denis Ivankov "Nasaf"dagi faoliyati davomida turli yoshdagi terma jamoalar va MTJ darajasidagi Eldorbek Suyunov, O‘tkir Yusupov va Umidjon Ergashev kabi iqtidorli posbonlarni tarbiyalashga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Ivankov "Nasaf"dan avval ishlagan "Mash’al"dagi faoliyati davomida ham ajoyib posbonlarni chiqarishda jonbozlik ko‘rsatgan. Ulardan biri Sanjar Quvvatov. Ayni paytda Ivankovning barcha shogirdlari terma jamoalarga nomzod darvozabonlar hisoblanadi.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?