19:24 / 02.02.2019
7 259

Keyrushning iste’fodan keyingi gaplari ko‘pchilikni shokka tushirdi (video)

Keyrushning iste’fodan keyingi gaplari ko‘pchilikni shokka tushirdi (video)
Hafta boshida Eron terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgan Karlush Keyrushning ma’lum qilishicha, forslar jamoasi Qatar futbol assotsiatsiyasining moliyaviy yordamisiz Osiyo Kubogida ishtirok etmasligi mumkin edi.

Portugaliyalik mutaxassis iste’fodan keyin mahalliy televideniyega intervyu bergan va unda Eron hukumati yillar davomida terma jamoaga yetarlicha e’tibor qaratmaganini ma’lum qilgan.

«Agar Qatar futbol assotsiatsiyasi bo‘lmaganida, hech narsa qilolmagan bo‘lardik! Hatto mana shu tayyorgarlik bazasi ham bo‘lmasdi. Yig‘inlar va o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkazmasdik. Hamma narsa uchun ular to‘lab berishdi.

Oxirgi o‘yinimizni olsak, ular stadion, maydon va ikkala terma jamoa uchun pul to‘lashdi. Hammasini Qatar to‘ladi. Chunki Eronda hech narsa yo‘q – nol!» – ta’kidlagan Keyrush.

«Ko‘p yomon hissiyotlarni boshdan kechiryapman. Bu jamoa, futbolchilar va xodimlarni saqlab qolish uchun ishlashim kerak edi. Amalda bu oson narsa emas. O‘zimizni hech qanday muammo yo‘qdek ko‘rsata olmaymiz», – degan u.

Eslatib o‘tamiz, Eron kecha BAAda yakunlangan Osiyo Kubogining yarim finalida Yaponiyaga mag‘lub bo‘lgan holda (0:3) turnirni tark etdi. Jamoa 43 yildan buyon Osiyo chempionligini qo‘lga kirita olmayapti.

65 yoshli Karlush Keyrush 2011 yilning aprel oyida Eron terma jamoasi boshqaruviga kelgandi. Uning qo‘l ostida forslar 2 marta JChga chiqishdi. 2018 yilgi mundialdan so‘ng murabbiyning shartnomasi yakuniga yetgan, shunga qaramay u biroz noaniqlikdan so‘ng qit’a birinchiliga yakuniga qadar yana lavozimga qaytishga rozi bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Keyrushning iste’fodan keyingi gaplari ko‘pchilikni shokka tushirdi (video)