21:50 / 03.02.2019
3 582

«MYu» g‘alaba qozondi va turnir jadvalida ko‘tarildi

«MYu» g‘alaba qozondi va turnir jadvalida ko‘tarildi
Angliya chempionatining 25-turida «Manchester Yunayted» «Lester» mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
O‘yin taqdirini 9-daqiqada Markus Reshford tomonidan urilgan gol hal qildi. Unga Pol Pogba assistentlik qildi.
Bu g‘alaba Ole Gunnar Sulsherning «qizil iblislar» boshqaruvidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etishi bo‘ldi (9 g‘alaba va 1 durang).

Endilikda «MYu» ochkolari sonini 48 taga yetkazgan va turnir jadvalida «Arsenal»ni quvib o‘tib (londonliklar 24 o‘yinda 47 ochko jamg‘argan, 25-tur o‘yini bugun «Manchester Siti»ga qarshi kechadi) beshinchi o‘ringa ko‘tarilgan. «Lester» 32 ochko bilan 11-o‘rinda qolgan.

Angliya chempionati
25-tur
Lester – Manchester Yunayted 0:1
Gol:
0:1 – 9 Reshford.
Lester – Shmeyxel, Evans, Chiluell, Rikardu Pereyra, Maguayr, Mendi, Ndidi, Meddison (Gazzol, 62), Grey (Okadzaki, 74), Barns, Vardi.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Yang, Lindelef, Errera, Matich, Pogba, Lingard (Jons, 89), Sanches (Marsiyal, 67), Reshford (Lukaku, 78).
Ogohlantirishlar: Lingard (20), Vardi (32), Matich (42), Mendi (45), G‘azzol (81).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «MYu» g‘alaba qozondi va turnir jadvalida ko‘tarildi