PFL saytida "Paxtakor" bugun "Nasaf"dan Odiljon Hamrobekovni transfer qilgani va futbolchini OChL-2019 o‘tish o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritgani ma’lum qilindi. Shu tariqa "sherlar" 2017 yilning yozidan beri qarshiliklarning to‘qqizinchi futbolchisini o‘z saflariga qo‘shib olishdi.
Bunga qadar Toshkent klubi "ajdarlar"dan avvaliga Eldor Suyunov va Sherzod A’zamovni, keyinchalik Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullayev, Bahrom Abdurahimov, Farrux Sayfiyev hamda Dragan Cheranni Poytaxtga chorladi. Yaqindagina esa “Nasaf”ning shuncha futbolchisini “talon-taroj” qilgan “Paxtakor” Sanjar Quvvat va Odiljon Hamrobekovni ham o‘z tomoniga og‘dirib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Akmal Shorahmedov yaqindagina Olmaliqning AGMK jamoasiga ko‘chib o‘tdi. O‘ng qanot himoyachisi Mirjalol Qosimov jamoasi safini to‘ldirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar