"Nasaf"dan "Paxtakor"ga o‘tgan yarim himoyachi Odiljon Hamrobekov o‘zining instagramdagi sahifasi orqali sobiq klubi va muxlislar bilan iliq xayrlashdi.
"Assalomu alaykum "Nasaf" jamoasidagi yaqinlarim! Hammaga katta rahmat aytaman! Sizlar bilan birgalikda ajoyib damlarni o‘tkazganman. Bundan faxrlanaman! Agarda "Nasaf" jamoasiga ozmi-ko‘pmi yordam bergan bo‘lsam, bundan juda xursandman. Qashqadaryo xalqiga rahmat! Yaxshi va yomon kunlarda qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga katta rahmat! Biz do‘stona xayrlashsak, men bundan juda xursand bo‘laman. "Nasaf" jamoasida ajoyib avlod, yangi yoshlar yetishib chiqmoqda. "Nasaf"dagi aka-ukalarimga yangi boshlanajak mavsumda omad tilayman! Bu jamoadan qanday futbolchilar ketishdi. Lekin klub tanlagan yo‘l va rahbariyat hamda murabbiylarning mehnati, jonkuyar muxlislar tufayli "Nasaf" ajoyib jamoa bo‘lib qolaveradi. Men "Nasaf" futbol klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lganimdan faxrlanaman", - deb yozadi Odiljon Hamrobekov o‘zining "Instagram"dagi sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida: Hamrobekov 2013 yildan boshlab "Nasaf" jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Futbolchi "Nasaf" safida ichki chempionatda hozirga qadar 100 uchrashuvda maydonga tushgan va 2 ta gol muallifiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Odiljon Hamrobekovni "Paxtakor" kecha transfer qildi. Toshkentliklar futbolchining transferi uchun qarshiliklarga 2,5 milliard pul to‘lashdi. Shuningdek, "Nasaf" Hamrobekovning keyingi ehtimoliy transferidan 20 % ulushini saqlab qoldi. Agarda "Paxtakor" keyinchalik futbolchini sotadigan bo‘lsa, unda o‘sha mablag‘ning 20% ulushi "Nasaf" g‘aznasiga tushadi.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi